Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda avtosalon yonib ketdi

Qoraqalpog‘istonda avtosalon yonib ketdi

24-yanvar kuni soat 20:17 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, «Shabbaz» OFY, To‘rtko‘l shox ko‘chasida joylashgan elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:23 da voqea joyiga yetib borib, soat 21:08 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida avtosalonning 90 kv.m. maydonda tom qismi va bir dona «BYD» rusumli avtomobil yonib zararlangan.

Yong‘in sabab va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring