Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda MChJ mansabdorlari 653 mln. so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda  MChJ mansabdorlari 653 mln. so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Republikasi, Qonliko‘l tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi va «A.O» MChJ mansabdor shaxslari hududdagi «Suyenli» kanaliga nasos agregati o‘rnatish va elektr tarmog‘ini ta’mirlash davomida har biri 217,7 mln so‘mlik 3 dona «SNPE-500/10» rusumli nasos agregatlari o‘rnatilmagan bo‘lsada, hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali jami 653,1 mln so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qili) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring