Qo‘yliq bekatida noma’lum shaxs o‘zini poyezd tagiga tashladi
Joriy yilning 28 noyabr kuni soat 14:58 da Toshkent metropolitenining Qo‘yliq bekatida noma’lum shaxs (erkak) o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashlagani sababli «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishining bir tomon qismi vaqtincha harakatdan to‘xtagan.
Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK ma’lum qildi.
«Holat yuzasidan batafsil ma’lumotni dastlabki surishtiruv ishlari yakuniga yetgach ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter