Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda ichida o‘nlab kishilar bo‘lgan O‘zbekiston avtobusi YTHga uchradi

Qozog‘istonda ichida o‘nlab kishilar bo‘lgan O‘zbekiston avtobusi YTHga uchradi

Qozog‘istonning Jambil viloyatida avtobus ishtirokidagi yirik YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohat oldi. Bu haqda deb yozadi Tengrinews.kz «Xabar 24»ga asoslanib xabar berdi.

Hodisa 12-may kuni tushdan keyin, Jualinskiy tumani, Momishuli qishlog‘idan olti kilometr uzoqlikda, G‘arbiy Yevropa – Xitoy trassasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan traktor tirkamasi bilan to‘qnashib ketgan.

Haydovchining yordamchisi va bir yo‘lovchi halok bo‘lgan. 48 kishi shifokorlarga yordam so‘rab murojaat qildi, 16 nafari kasalxonaga yotqizildi, to‘rt nafari reanimatsiyada.

Jabrlanuvchi va qurbon bo‘lganlarning shaxsi bo‘yicha hali ma’lumot berilmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring