Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda ichida o‘zbeklar bo‘lgan avtobus ag‘darildi (video)

Qozog‘istonda ichida o‘zbeklar bo‘lgan avtobus ag‘darildi (video)

Joriy yilning 29 dekabr kuni soat 18:50 da Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Aytekebi tumanidagi Qorabutak-Qo‘stanay avtomobil yo‘lida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

Qayd etilishicha, voqea joyida qutqaruvchilar, mahalliy hokimiyat va ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi tuman masjidiga evakuatsiya qilingan. 

«Hodisada jabrlanganlar yo‘q. Yo‘lovchilar Yekaterinburg-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan», —deyiladi Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ob-havo sharoiti yomonlashganda va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar joriy etilganda ob-havo o‘zgarishini kuzatib borish va yo‘lga chiqmaslikni so‘ragan. 

Qozog‘istonning 6 ta viloyatidagi respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari 15 ta uchastkasida noqulay ob-havo sharoiti, kuchli qor tufayli harakatlanishga cheklov joriy etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring