Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus yonib ketdi

Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 15 iyun kuni Qozog‘iston vaqti bilan soat 03:10 da «Olmaota-Toshkent» avtomobil yo‘lida trikotaj mahsulotlari ortilgan yuk mashinasi yongan.
Oqibatda avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelganligi natijasida soat 03:40 larda «Olmaota-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi 2 ta yo‘lovchi tashish avtobusi va 1 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.
To‘qnashuv oqibatida ushbu avtotransportlarda yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in sodir bo‘lgan avtobuslarning birida 31 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan va ulardan 3 nafari o‘rta darajada tan jarohati bilan Taroz shahar tibbiyot maskaniga olib borilgan.
Hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 12-may kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, voqea oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter