Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekistonga keldi.
U bu yerda ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi.
Uchrashuv bugun, 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Rossiya kabi davlatlar delegatsiyalari qatnashadi. Shuningdek, Belarus vakili kuzatuvchi sifatida qatnashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter