Rossiyada o‘zbekistonlik ayol tahqirlandi
10-avgust kuni Peterburg shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro politsiyaga murojaat bilan chiqdi. U ko‘chada O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolning kaltaklangani va zo‘rlanganini ma’lum qilgan.
Tekshiruvlarga ko‘ra, ayolni ikki kishi jabr yetkazgani aniqlangan. Ayol darhol shifoxonaga yetkazilgan. Unga ko‘krak qafasi ezilishi va bosh-miya yopiq jarohati tashxisi qo‘yilgan.
Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumondorlarga nisbatan ularning muayyan huquqini vaqtincha cheklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter