Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit araqdan zaharlanib vafot etdi

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit araqdan zaharlanib vafot etdi

Foto: FBA «Ekonomika segodnya» / Stepan Yasko

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 3 nafar muhojir sifatsiz araqdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Neskiye Novosti» xabar berdi.

2-yanvar kuni kechqurun Peterburgning kurort rayoni hisoblangan Razliv posyolkasida O‘zbekiston fuqarosi kuchli alkogol ta’sirida qolgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar 1995, 1992 va 1993-yilda tug‘ilgan 3 nafar odam araqdan zaharlanganini aniqlashgan.

Ulardan birining hayoti qutqarib qolinmadi. O‘zbekistonning 25 yoshli fuqarosi etil spirtidan zaharlanib, vafot etdi. Boshqa ikki nafar yigit esa og‘ir ahvolda bo‘lib, ulardan biri komada yotibdi. Ikkisi ham O‘zbekistonga qo‘shni mamlakatlardan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring