Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rulda sog‘lig‘i yomonlashgan haydovchi ayanchli hodisa qurboni bo‘ldi

Rulda sog‘lig‘i yomonlashgan haydovchi ayanchli hodisa qurboni bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB.

Bugun, 12-sentyabr kuni Yashnobod tumani, Oxangaron ko‘chasida, haydovchi 1978-yilda tug‘ilgan M.R., ishonchnoma asosida «Cobalt»da harakatlanib, (dastlabki ma’lumotga ko‘ra sog‘ligi yomonlashgan) rul boshqaruvini yo‘qotgan.

So‘ngra u qarama-qarshi yo‘llarni ajratib turuvchi ko‘kalamzorlashtirilgan maydonchadagi daraxt bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, avtomashina haydovchisi voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring