Samarqand va Farg‘onada katta o‘g‘riliklar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda “Bo‘ston” MFY hududidagi xonadonda yashovchi U.O. o‘z uyida tashkil etgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 148,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.P.” MChJ rahbari M.P. (muqaddam sudlangan) “Pichoqchi” MFY hududidagi parrandachilik binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 140 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter