Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyati ko‘chalarini suv bosdi

Samarqand viloyati ko‘chalarini suv bosdi

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, Viloyat hududida kuzatilayotgan yog‘ingarchilik oqibatida Oqdaryo tumani markazidagi Navro‘z va Abdulla Qodiriy nomli ko‘chalar, «Oqdaryo dehqon bozori»ning ichki yo‘llari, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Mirzo Ulug‘bek nomli mahallasining Alisher Navoiy nomli ko‘chasi hududi, Kattaqo‘rg‘on shahridagi Bobur nomli ko‘chalarga oqova suvlar to‘planib qolgan.

Mazkur holatlar oqibatlari viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning tasarrufidagi bo‘linmalar hamda tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda.

Samarqandda yog‘ingarchilikning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga FVBning kuch va vositalari jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring