Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bir kishi qo‘lbola tuzlamadan zaharlanib vafot etdi

Samarqandda bir kishi qo‘lbola tuzlamadan  zaharlanib vafot etdi

Foto:«Instagram»

Joriy yilning 23-fevral kuni Samarqand viloyati, Urgut tumanida yashovchi R.S.(ismli ayol)ning uyida  uy sharoitida tayyorlangan pomidor va bodring mahsulotlaridan tayyorlangan salatni iste’mol qilish natijasida oilaviy zaharlanish sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada ular kasalxonaga yotqizilgan. Biroq muolajalarga qaramay 16 yoshli D.D. vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu oyning boshida Jizzax viloyatida ham sakkiz kishi marinadlangan pomidor mahsulotini iste’mol qilib zaharlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring