Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bir qizning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH yuz berdi

Samarqandda bir qizning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH yuz berdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Samarqand viloyatida ayol kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 26 fevral kuni soat 17:30 larda Urgut, Bulung‘ur shaharlari va M-39 avtomobil yo‘lini bog‘lovchi 4R-47 avtomobil yo‘lining 65—66-kilometrlari oralig‘ida Spark haydovchi piyodani urib yuborgan. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Noxush hodisa piyodaning yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tgani va Spark haydovchisi tezlikni oshirgani oqibatida yuzaga kelgan. Me’yoridan ortiq tezlikda harakatlangani uchun haydovchi to‘xtashga ulgurmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring