Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bir oilaning 4 a’zosi ehtiyotsizlik oqibatida halok bo‘ldi

Samarqandda bir oilaning 4 a’zosi ehtiyotsizlik oqibatida halok bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarning birida mudhish hodisa sodir bo‘ldi.

Viloyat prokuraturasi xabar berishicha, 17 mart kuni soat 05:00 da Kattaqo‘rg‘on tumani, «Madrasa» mahallasida yashagan A.R. uyidagi tabiiy gazga mo‘ljallangan isitish pechini ehtiyotsizligi bilan noto‘g‘ri o‘t oldirganidan qisqa muddatli chaqnash kelib chiqqan. Oqibatda A.R, uning turmush o‘rtog‘i K.F, nabiralari I.A. hamda O.A. 50-60 foiz kuyish jarohatlari bilan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.

Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, 26 mart kuni K.F. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida, voyaga yetmagan I.A. va O.A.lar RShTYoIM Samarqand filialida, 27 mart kuni esa A.R. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring