Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda voyaga yetmagan bola kishanlangan holda topildi

Samarqandda voyaga yetmagan bola kishanlangan holda topildi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 16-mart kuni Samarqand viloyat IIB «102» operatoriga Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasida bir bola Damas rusumli avtomashinada oyog‘i zanjir orqali kishanlanganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, hududga IIB xodimlari borib, holatni rasmiylashtirishgan.

Hozirda bolaga nisbatan ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bolani «Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi»ga joylashtirib, psixolog yordamida zaruriy ko‘maklar berish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi viloyat IIB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring