Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda YTHda Nexia-2 yonib ketdi

Samarqandda YTHda Nexia-2 yonib ketdi

2022-yil 25-mart kuni soat 14:30 larda, Pastdarg‘om tumani, Paxtakor MFY hududidan o‘tgan «Samarqand-Kattaqo‘rg‘on» avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi F.Ye. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli hamda haydovchi A.X. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida Nexia-2 rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Haydovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring