Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi «Bog‘izag‘on» podstansiyasida yong‘in yuz berdi

Samarqanddagi «Bog‘izag‘on» podstansiyasida yong‘in yuz berdi

Bugun, 11-dekabr kuni soat 20:18 da Toyloq tumanidagi «Bog‘izag‘on» podstansiyasidagi transformatorda yong‘in yuzaga keldi.

Oqibatda tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozirda mutaxassislar tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Hodisa joyiga viloyat sektorlari hamda huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari chiqib, holatni nazoratga olishgan.

Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring