Samarqanddagi masjidda yong‘in chiqdi

2019-yilning 20-yanvar kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani Istiqlol mahallasida joylashgan «Xo‘ja Ziyovuddin jome’ masjidi»ning tom qismi 40 kv.metr maydonda yonib zararlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Yong‘inni taxminiy kelib chiqish sababi — masjidning tom qismiga o‘rnatilayotgan gumbazni payvandlash jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi.

Yong‘inni bartaraf etishga 5 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan binoning 181 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter