Bugun Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ayblanuvchilari ustidan sud o‘tkaziladi

Moskva okrug harbiy sudi bugun, 25-fevral kuni 2017-yil Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirganlar ustidan birinchi sud majlisini o‘tkazadi. Bu haqda «Gazeta Spb» yozmoqda.
Sud majlisining tayyorlov qismida sud majlisi ishtirokchilari yangi guvohlar, ekspertlar yoki mutaxassislar chaqirish, ashyoviy dalillar va hujjatlar talab qilib olish yoki qo‘shimcha dalillar to‘g‘risida iltimosnoma keltirishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Sennaya ploщad» va «Texnologicheskiy institut» bekatlari orasida vagon ichida portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 16 kishi, jumladan, xudkush Akbarjon Jalilov qurbon bo‘lgandi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning Qara-Suu tumanidan bo‘lgan Sirojiddin Muxtarov Sankt-Peterburg metrosida uyushtirilgan terakt buyurtmachisidir. Hozirda u sirtdan hibsga olingan. Shuningdek, o‘zbekistonlik Bobirjon Mahbub ham terakt tashkilotchilaridan biri sifatida sirtdan hibsga olingan.
Mazkur jinoiy ish yuzasidan Sayfulla Hakimov, Shohista Karimova (ushbu jinoiy ish yuzasidan qo‘lga olingan yagona ayol), Akram Azimov i Mahamadyusuf Mirzaalimov, Abror Azimov, Dilmurod Muidinov, Sodiq Ortiqov, Azamjon Mahmudov, Bahrom Ergashev, Ibragim Ermatov i Muhamadyusuf Ermatov ayblanuvchi sifatida sud qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter