Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sariosiyodagi selda ikki kishi halok bo‘lgani aniqlandi

Sariosiyodagi selda ikki kishi halok bo‘lgani aniqlandi

Foto: FVV matbuot xizmati.

Kecha, 10-may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanining tog‘li hududi «Bog‘iston» MFY «Zoxona» qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga kelgan edi.

Hodisa oqibatida ushbu hududda o‘zining «Nexia» rusmli avtomashinasida bo‘lgan Uzun tumani «Istiqlol» mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroni ham sel oqimlari oqizib ketgan edi.

FVV qutqaruvchilari va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan olib borilgan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish jaryonida avtomobil va bir nafar fuqaro «To‘palang» daryosi o‘zanidan topildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

So‘nggi taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi fuqaroning jasadi ham topilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring