Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistonida 5 yil davomida 600 ta kinosaroy ochiladi

Saudiya Arabistonida 5 yil davomida 600 ta kinosaroy ochiladi

Foto:«Nypost.com»

Saudiya Arabistonida 5 yil davomida 600 ta kinosaroy ochilishi ma’lum qilindi. Bu haqda «Sabah.com» xabar tarqatgan.

Mamlakatda kinoga 35 yil avval qonun bilan belgilangan taqiqning olib tashlanishi katta o‘zgarishlarga sabab bo‘layapti.

Riyod shahrida o‘tkazilgan kinosaroy qurish bo‘yicha tenderda dubaylik Majid Futtaimiyning «Vox Sinema» shirkati g‘olib bo‘ldi.

Ushbu shirkat endilikda 2 milliard riyol (taxminan 533 million AQSh dollari) evaziga 600 ta kinosaroy quradi.

Saudiya Arabistonida birinchi «IMAX» texnologiyasiga ega kinosaroy keyingi hafta ochilishi mo‘ljallanayapti.

Mamlakat valiahdi qirol Muhammad ibn Salmon 2017-yil 24-oktyabr kuni mamlakatni «Ilmli islom»ga aylantirishga va’da bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring