Sergeli tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 31 iyul kuni soat 13:10 da Sergeli tumani Qo‘yliq-5 dahasida joylashgan nonvoyxona va lavash tayyorlash oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:13 da voqea joyiga yetib borib, soat 13:28 da yong‘in o‘rab olingan va soat 13:30 da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida binoning 80 kv.m. maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan. Yong‘indan 220 kv.m. maydon saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter