Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergeli tumanidagi uylardan biri yonib ketdi

Sergeli tumanidagi uylardan biri yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda  «Aytishlaricha Sergelidagi uylardan biri yonayotgan ekan» sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Kecha, 31 may kuni soat 23:20 da Sergeli tumani,  «Belariq» MFY Uzumzor ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga borib, yong‘inni bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 200 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Voqea joyiga shahar FVB rahbariyati va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring