Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida yo‘lovchi avtobus yonib ketdi

Sergelida yo‘lovchi avtobus yonib ketdi

Videodan skrinshot.

Bugun Toshkent shahar Sergeli tumani «Do‘stlik-1»  dahasida 47-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi. 

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘inni o‘chirgan.

Yong‘in oqibatida avtobusning orqa salon qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring