Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabz va G‘ijduvondagi yashirin sexlar yo‘q qilindi

Shahrisabz va G‘ijduvondagi yashirin sexlar yo‘q qilindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro Z.O. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida Shahrisabz shahri, «Xabarlik» MFY hududidagi noturar binoda alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexi tashkil etganligi aniqlanib, ushbu yashirin sexdan 960 dona qalbaki aksiz marka, 15 dona «PARLAMENT» nomli qo‘lbola alkogol mahsuloti, 180 litr spirt, 1 800 dona «PARLAMENT» nomli alkogol quti va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘ijduvon tumanidagi «J.D.» MChJ rahbari J.B. va boshqalar qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan 5 turdagi 873 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini MChJ savdo do‘konida sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari va 256 quti aksiz markasiz tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring