Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shayxontohur tumanidagi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Shayxontohur tumanidagi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent shahri Shayxontohur tumanida portlash bo‘lgani aytilmoqda» sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan FVV ma’lumot berdi.

Bugun, 9 dekabr kuni soat 06:00 da Toshkent shahar Shoyxantoxur tumani «Ko‘kcha» MFY  G.Uzoqov ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 06:09 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 06:16 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida 20 kv.m maydonda yengil konstruksiyadan qurilgan oziq-ovqat do‘koni yonib zararlangan. Voqea joyida hech qanday portlash holatlari ro‘y bermagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring