Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari Toshkentda uchrashadi

ShHT davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblari Toshkentda uchrashadi

Joriy yil 19-avgust kuni Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 17-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida o‘tkazilib, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Davlat rahbarlari kengashiga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi. 

Qayd etilishicha, yig‘ilishda ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, ShHT MATT Kotibiyati va Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etadi.

Kun tartibiga muvofiq xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, terrorizm, ekstremizm, qurol va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Tadbir doirasida hamkor davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan. ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishlari 2004-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va ko‘p tomonlama hamkorlikning muvofiqlashtiruvchi va maslahat mexanizmi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring