Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifoxona binosidan o‘zini tashlab halok bo‘lgan erkak — Bosh prokuratura tafsilotlarni ochiqladi

Shifoxona binosidan o‘zini tashlab halok bo‘lgan erkak — Bosh prokuratura tafsilotlarni ochiqladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda erkak markaziy poliklinika binosi 3-qavatidan o‘zini tashlab yuborganligi haqida videoxabar tarqalgan, Bosh prokuratura voqea haqiqatda Navoiy shahrida sodir bo‘lganini tasdiqlab, «Natijalari haqida keng jamoatchilikka batafsil ma’lumotlar e’lon qilinadi», deya xabar bergandi.

Hozirgina Bosh prokuratura voqea tafsilotlarini ochiqladi.

Aniqlanishicha, Navbahor tumani «Romitan» mahallasida yashagan 54 yoshli S.S. (erkak) 2022-yil 16-oktyabrda mastlik holatida yiqilib tushishi natijasida bosh aylanishi va tili orqaga ketishi shikoyati bilan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filialining neyroxirurgiya bo‘limiga davolanish uchun yotqizilgan.

2022-yil 18-oktyabrda S.S. o‘zi yotib davolanib kelayotgan bo‘limning palatasi derazasidan o‘zini pastga tashlagan va voqea joyida vafot etgan.

Tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvidan o‘tkazilgan.

Shuningdek, o‘rganishda marhum ichkilikka ruju qo‘yganligi sababli yaqin qarindoshlari bilan o‘zaro kelishmovchiligi mavjudligi aniqlangan.

Hozirda Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring