Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Farg‘ona kanalida ikki o‘spirin cho‘kib ketdi. Ulardan biri 5 kundan buyon qidirilyapti

Shimoliy Farg‘ona kanalida ikki o‘spirin cho‘kib ketdi. Ulardan biri 5 kundan buyon qidirilyapti

Joriy yilning 23-iyul kuni 5-6 nafar 15-16 yoshlardagi bolalar Shimoliy Farg‘ona kanalining Namangan tumani Mirishkor mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘milishga boradi. Biroq afsuski, ulardan ikki nafari suvdan qaytib chiqmaydi.

25-iyul kuni cho‘kib ketganlardan biri To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan o‘lik holda topilgan. Yana bir nafari – 2009-yilda tug‘ilgan bola esa qidirilmoqda.

«Hozirgi kunda Namangan, Chust va Pop tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limlari yong‘in qutqaruvchilar tomonidan suv usti va boshqarma yong‘in qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan suv osti qidiruv ishlari davom ettirilmoqda», – deyiladi Namangan viloyati FVB Axborot xizmati xabarida.

Jasadi topilmagan bolaning otasi mutasaddilarga murojaat qilib, kanalda suvni kamaytirib berishlarini so‘ramoqda.  Aytishlaricha, kanalda suv miqdorining ko‘pligi bolaning jasadini topishni qiyinlashtirmoqda.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring