Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sho‘rchida savdo markazi yonib ketdi

Sho‘rchida savdo markazi yonib ketdi

Illyustrativ foto

Bugun, 4-avgust kuni soat 03:02 da Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi Bobotog‘ MFYda joylashgan 3-qavatli savdo markazining birinchi va ikkinchi qavatlarida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda FVB xabar berdi.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 03:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:10 da o‘rab olingan va hozirda bartaraf etilmoqda, deyiladi FVV rasmiy telegram-kanalida soat 06:32 da joylangan xabarda.

Yong‘inni bartaraf etishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta suv tashuvchi mashina jalb etilgani, tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagani aytilgan.

To‘ldirilgan xabar!

FVV soat 07:33 da bergan xabarga ko‘ra, Sho‘rchi savdo markazidagi yong‘in soat 07:30 da o‘chirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring