Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvarsenegger avariyaga uchradi

Shvarsenegger avariyaga uchradi

Foto: TMZ

Gollivud yulduzi va sobiq siyosatchi Arnold Shvarsenegger Kaliforniyada jiddiy yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda TMZ xabar berdi.

Aktyor boshqaruvidagi «Yukon» (yo‘ltanlamas) to‘qnashuv oqibatida «Prius» (suratdagi qizil mashina)ning old kapoti ustiga ustiga chiqib ketgan. «Prius»ning haydovchisi — ayol kishi jiddiy jarohat olgani va shifoxonaga jo‘natilgani aytilmoqda.

To‘qnashuv anchayin jiddiy bo‘lganini «terminator»ning baquvvat mashinasi pachoqlanganidan ham bilish mumkin. Aktyorning o‘zi tibbiy yordam olishni istamagan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Shvarsenegger qizil chiroqda o‘tib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring