Shvetsiyada ham islomofobiya kuzatildi

Avvalroq Hollandiyada islomofobiya tufayli masjidlarga hujumlar uyushtirilayotgani haqida xabar bergan edik. Bu haqda «Sabah» xabar qildi.
Shvetsiyada ham shunday voqealar sodir bo‘layapti. 2017-yildan beri Stokholm masjidiga 25 marta hujum uyushtirilgan. Imom Mahmud Halfiyning aytishicha, masjidlarga hech kim ega chiqmayapti.
Imomning «Aftonbladet» gazetasiga bergan intervyusida aytilishicha, Shvetsiyada musulmonlarga xuddi ikkinchi sinf o‘quvchisidek muomala qilinmoqda.
Shu yil 23-mart va 2-aprel kunlari masjid darvozasiga xoch belgisi chizib ketilgan. Politsiya ham bu kirdikorni kim qilganini fosh etolmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter