Bedarak yo‘qolgan homilador ayolning keyingi taqdiri ma’lum bo‘ldi
![Bedarak yo‘qolgan homilador ayolning keyingi taqdiri ma’lum bo‘ldi](http://static.xabar.uz/crop/4/2/720_460_95_4209444155.jpg)
Sirdaryoda bedarak yo‘qolgan 26 yoshli homilador ayol qidirilayotgani e’lon qilingan edi.
Viloyat IIB axborot xizmati ayol topilganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Sardoba tumani, «Otayurt» mahallasida yashovchi ayol Sarvara Qarshiboyeva (1996-yilda tug‘ilgan) 10-iyun kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga ketib, bedarak yo‘qolgan. Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahridan topilib, yaqinlariga sog‘-salomat topshirildi.
Ayolning topilishida ko‘maklashgan fuqarolar 10 million so‘m bilan mukofotlanishi va’da qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter