Sirdaryoda katta o‘g‘rilik aniqlandi
Sirdaryoda metan «zapravka» 62 mlrd 488 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan DXX va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Xususan, Boyovut tumanida joylashgan «B.» MChJga qarashli AGTKShga tortilgan gaz quvuri ko‘zdan kechirilganida, gaz hisoblagichdan oldin yer ostidan shoxobcha hududiga gaz quvuri olib kirilib, rezina shlang orqali tabiiy gazni sotishga yo‘naltirilgan holda undan noqonuniy foydalangan.
Natijada, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 62 mlrd 488 mln so‘mni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter