Sirdaryoda rahbar sheriklari bilan 3,5 mlrd so‘m kreditni «yeb yubordi»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan bank muassasasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «M.K» MChJ rahbari T.H. va boshqalar oldindan til biriktirib, MChJga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida ajratilgan 7 mlrd so‘m kredit mablag‘ining 3,5 mlrd so‘mini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Xuddi shunday, Termiz shahar bo‘limi tomonidan bank muassasasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro U.S. «T.Q.» MChJga norasmiy rahbarlik qilib, MChJga non mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asosiy vositalar sotib olish maqsadida ajratilgan 500 mln so‘m kredit mablag‘ini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganligi, shuningdek, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan binoni qonunga xilof ravishda tasarruf etganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter