Sirdaryoda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Joriy yilning 7-sentyabr kuni soat 00:50 larda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Mirzacho‘l MFY hududidan o‘tuvchi 4R-18A avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Haydovchi, 1994-yilda tug‘ilgan T.M. «Neksiya-3» rusumli avtomobilda, tezlikni me’yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, yo‘lning burilish joyida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan va ag‘darilgan.

Natijada, «Neksiya-3» avtomobili haydovchisi, 26 yoshli T.M. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter