Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Sirli osmon toqi” – Koinotning aqlni shoshiruvchi suratlari e’lon qilindi (foto)

“Sirli osmon toqi” – Koinotning aqlni shoshiruvchi suratlari e’lon qilindi (foto)

Foto: Larrin Rey

Londondagi Grinvich qirollik rasadxonasi astronomiyaga doir yilning eng yaxshi fotosurati tanlovi g‘olibligiga nomzod mualliflarni e’lon qildi. Ijobiy bellashuvga 75 mamlakatdan 4500 dan ziyod surat yuborilgan. Hakamlar hay’at minglab ijodiy ishlar orasidan Koinot va galaktikamiz kutilmagan rakursda tasvirlangan o‘ndan ziyod fotosuratni saraladi. Quyida short-list – g‘oliblikka nomzodlarning muxtasar ro‘yxatiga kiritilgan ayrim suratlar bilan tanishishingiz mumkin. 

  1. Fransiyadagi lavanda maydoni uzra Somon yo‘li manzarasi. Foto: Stefan Liberman (Germaniya)

  1. “Delfinning boshi”. Olis koinotdagi yulduzlar to‘pi chindan ham suv jonivorining boshini yodga soladi. Foto: Yovin Yahatugoda (Shri-Lanka)

  1. Murmanskda shimol yog‘dusi. Foto: Vitaliy Novikov (Rossiya)

  1. G‘uj bo‘lib ko‘ringan yulduzlar to‘pi astonomiya ilmida “Vual tumanligi” deb ataladi. Foto: Piter Feltoti (Vengriya)

  1. Zuhal (Saturn) jamoli. Foto: Demian Pich (Buyuk Britaniya)

  1. Jodrell-Benk uzra balqigan Oy. Foto: Mett Neylor (Buyuk Britaniya)

  1. Islandiyada noyob tabiat hodisasi – shimol yog‘dusi kuzatilgan palla. Foto: Larrin Rey (Yangi Zelandiya)

  1. NGC 2024 – Yer sayyorasidan 1,5 ming yorug‘lik yili masofada joylashgan alangasimon yulduzlar oilasi. Foto: Stiven Mor (Avstraliya)

  1. Lutszyaszuy shahri uzra yulduzlar parvozi. Foto: Daning Kay (Xitoy)

  1. Inson va koinot muloqoti. Suratda Oyning to‘liq trayektoriyasi mahorat bilan aks ettirilgan. Foto: Remi Leblank-Messajer (Fransiya)

  1. “Koinotning qalbi”. Curatda astronomlarni ohanrabo kabi o‘ziga tortib kelayotgan yulduzlar to‘pi aks etgan. Foto: Kush Chandariya (Buyuk Britaniya)

  1. Quyosh bosh ko‘targan palla. 4 xil manzara chog‘ishtirilgan surat Shanxay shahridan 16 km uzoqda olingan. Foto: Szyaszyun Xua (Xitoy)
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring