Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyot bo‘ling: noxush yakunlangan subsidiya mojarosi

Ehtiyot bo‘ling: noxush yakunlangan subsidiya mojarosi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar D.V. va N.H. 10 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga Qorasuv massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardan olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga jami 47 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.I. fuqaro J.G‘.ga tanishlari yordamida Boyovut tumani, «Yangi avlod» MFYda qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardan olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga 54 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring