Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talaba qiz bilan bog‘liq janjalli videoga izoh berildi

Talaba qiz bilan bog‘liq janjalli videoga izoh berildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali Pedagogika universiteti talabasi bilan bog‘liq janjalli videolar tarqaldi.

Ushbu voqeaga Toshkent davlat pedagogika universiteti izoh berdi.

«Universitet talabasi Yu.R. doimiy yashash joyi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidan J. ismli yigitning avtomoshinasida ota-onasi tomonidan yuborilgan pochta (oziq ovqat mahsulotlari) ni ikki marta qabul qilib olgan.

Talaba qizga ota-onasidan yuborilgan pochtani J.ismli shaxs universitetga olib kelganida uning ayoli (videodagi ayol) ham yonida bo‘lgan.

Bir necha kundan keyin sodir bo‘lgan videodagi janjalli holat talaba Yu.R. uchun ham tushunarsiz bo‘lib, ushbu voqea yuzasidan talaba Ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qilgan», deyiladi universitet munosabatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring