Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Taxtaqoracha» dovoni vaqtincha yopildi — FVV

«Taxtaqoracha» dovoni vaqtincha yopildi — FVV

Bugun, 29 yanvar kuni soat 10:20 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining «Taxtaqorcha» dovonida kuchli qor yog‘ayotganligi sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

«Taxtaqorcha» dovonini qayta ochilishi bo‘yicha FVV axborot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring