Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taxtiqoracha dovonida tosh bosib qolganlarning ikki nafari vengriyalik bo‘lgan

Taxtiqoracha dovonida tosh bosib qolganlarning ikki nafari vengriyalik bo‘lgan

O‘zbekiston Respublikasining Vengriyadagi elchixonasi «Kitob-Samarqand» yo‘lida Qashqadaryo viloyatida toshlar qulab tushishi natijasida fojiali halok bo‘lgan ikki nafar Vengriya fuqarosining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

«Vafot etganlarning yaqinlariga va oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Ushbu baxtsiz hodisa, afsuski, dunyoning istalgan nuqtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofat natijasida ro‘y berdi.

Shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanlariga tez orada qaytarishda to‘liq yordam berishga tayyormiz», – deyiladi Elchixona bayonotida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun sinchkovlik bilan tergov o‘tkazmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring