Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda iftorlik paytidagi janjal bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Termizda iftorlik paytidagi janjal bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

2021 yilning 16 aprel kuni taxminan soat 19:10 larda N.N. oila a’zolari bilan Termizdagi «Xan Sultan» restoraniga ovqatlanish uchun keladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, biroz vaqt o‘tib ular o‘tirgan stolga do‘sti M.B. ham kelib o‘tiradi. N.N. yana qo‘shimcha buyurtma beradi. Ammo buyurtma kechikaverganligi sababli ofitsiant bilan o‘rtasida tortishuv kelib chiqadi.

Restoran ish boshqaruvchisi Z.T. mijoz N.N.ga janjal qilmaslikni, Ramazon oyida o‘zaro hurmatda bo‘lishni so‘raydi. Bunga javoban N.N. unga baqirib, o‘zaro hurmatda bo‘lmasligini aytganidan so‘ng restoran ishchilari bilan o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Janjal vaqtida N.N. qo‘li bilan Z.T.ning yuziga bir marta uradi. Shundan so‘ng N.N.ning qaynukasi A.T. ham janjalga aralashib, Z.T.ning yuziga qo‘li bilan ikki marta urib tan jarohati yetkazgan. A.T.ni tinchlantirmoqchi bo‘lgan restoran ishchilari F.J. va N.A.lar ham tan jarohati olgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismining «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi tergov harakatlari davomida restoran ishchilari va boshqa ishtirokchilarning harakatlariga ham qonuniy baho berilishi ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring