Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tez yordam haydovchisi shifokor ayolni himoya qilgani uchun kaltaklandi

Tez yordam haydovchisi shifokor ayolni himoya qilgani uchun kaltaklandi

Foto: IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda tez-tibbiy yordam xizmati xodimi kaltaklanganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 27-fevral kuni taxminan soat 03.30 larda Sergeli tumani, Sergeli-4 dahasida istiqomat qiluvchi 1979-yilda tug‘ilgan A.Aygul «103» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez-tibbiy yordam ko‘rsatish brigadasini chaqirgan.

Chaqiruvga binoan yetib kelgan tez-tibbiy yordam xizmati feldsheri 1983-yilda tug‘ilgan X.Olesiya, xonadonga kirib A.Aygulni birlamchi ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida, uning yonida bo‘lgan tanishi 1990-yilda tug‘ilgan K.Artyom feldsher go‘yoki A.Aygulga yaxshi qaramayotganligini bildirib, X.Olesiyaga kuch ishlatish bilan tahdid qilgan. Feldsher undan qochib ko‘chaga chiqqan vaqtida tez-tibbiy yordam mashinasi haydovchisi 1970-yilda tug‘ilgan T.Saidazim X.Olesiyani himoya qilgan. Shu vaqtda K.Artyom jamoat tartibini buzib, T.Saidazimni urib, tan jarohati yetkazgan.

T.Saidazim olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring