Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Narxoz»ga atalgan 4 ming dollar qimmatga tushdi

«Narxoz»ga atalgan 4 ming dollar qimmatga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro S.I. fuqaro M.A.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.S. va Marg‘ilon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi kadrlar bo‘yicha inspektori M.Sh. fuqaro F.A.ni ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring