Tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi (video)
O‘zbekistonlik bojxonachilar tomonidan qiymati respublika hududida yashirincha olib kirilayotgan 28,7 mln. so‘mlik taqinchoq to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, «Istanbul-Toshkent» reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro J.H. yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, 136,5 gr. og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarni olib kirayotgan paytda to‘xtatib qolingan.
Mazkur holat yuzasidan tayyorlangan tezkor lavhani tomosha qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter