Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonlik mehmonni o‘ldirish bilan qo‘rqitib «shilib» ketishdi

Tojikistonlik mehmonni o‘ldirish bilan qo‘rqitib «shilib» ketishdi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 31-yanvar kuni soat 18:00 larda Baxtiyor X. chinni idishlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi tanishi Tojikiston Respublikasi fuqarosi Subxonali Q. bilan Farg‘ona viloyati, Furqat tumani Qulbobo qishlog‘ida joylashgan choyxonalarining biriga kelib, u yerda «Nodir» va uning ikki nafar sherigi bilan ko‘rishishadi.

Ular tijorat masalasida gaplashib bo‘lib, «Nodir» ismli shaxsga tegishli «NEXIA-2» rusumli avtomashinaga o‘tirib, Furqat tuman Tomosha qishlog‘i hududiga yetib kelishgan vaqtida «Nodir» va uning ikki nafar sherigi avtomashinada o‘tirgan Subxonali Q.ni avtomashinadan tushirib, Baxtiyor X.ga hujum qilib, qo‘l va oyoqlari bilan urib, uning yonida bo‘lgan 400 AQSh dollarini olib qo‘yishadi.

So‘ng ularni Namangan viloyatida joylashgan daryo qirg‘og‘iga olib borib, pistolet ko‘rinishidagi o‘q otar qurolga o‘xshash predmetni namoyish qilib, Subxonali Q.ning yonida bo‘lgan 11.600 AQSh dollarini zo‘rlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ichki ishlarga murojaat qilishsa, o‘ldirib yuborish bilan qo‘rqitib, ularni Namangan shahri markaziga olib borib Qo‘qon shahriga qatnovchi avtomashinaga o‘tkazib yuborishadi.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Baxtiyor X. da yengil tan jarohatlari aniqlangan. Subxonali Q.da esa tan jarohatlari aniqlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «B» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida «Nodir» ismli shaxs Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan 39 yoshli Nodirbek Q. ekanligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda Nodirbek Q.ning jinoiy sheriklarini ushlash choralari ko‘rilmoqda.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring