Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qqizinchi sinf o‘quvchisi masjidda o‘g‘irlikka qo‘l urdi

To‘qqizinchi sinf o‘quvchisi masjidda o‘g‘irlikka qo‘l urdi

9-yanvar kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan.

Qayd etilishicha fuqaro shu kuni soat 06:40 larda, Namangan shahar hududida joylashgan jome masjidiga namoz o‘qishga kelib, masjid kirish eshigidagi ilgichga egnidagi kurtkasini ilib kirib ketganligidan foydalangan noma’lum shaxs, kurtkasining cho‘ntagida bo‘lgan narxi 2.500.000 so‘mlik «Oppo A54» rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB katta tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2022 yil 9 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring