Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtko‘lda to‘rt fuqaro is gazidan zaharlandi

To‘rtko‘lda to‘rt fuqaro is gazidan zaharlandi

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida to‘rt nafar shaxs is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgani xabari tarqaldi.

OAVga ko‘ra, voqea kecha, 14-dekabr kuni soat 21:30 atrofida sodir bo‘lgan.

«To‘rtko‘l tumanining «Ullubog‘» OFY Nurli yo‘l posyolkasida chindan ham to‘rt nafar shaxsning is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan.

Ular tuman shifoxonasiga joylashtirilib, kerakli muolajalarni olgach uyiga qaytgan. Hozirda bemorlarning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avval Xorazmning Yangibozor tumanida ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring