Toshkent ko‘chalarida kezib yurgan «g‘alati maxluqlar» kimligi aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy film qahramonlari kabi, noodatiy kiyingan odamlar poytaxt ko‘chalarini kezib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ularning shaxsini aniqladi.
Qayd etilishicha, niqobdagi shaxslar «Zo'rTV» telekanali ijodkorlari tomonidan suratga olinayotgan yangi ko‘rsatuv qahramonlari bo‘lib chiqqan, ularning videolari fuqarolar tomonidan tasvirga olinib, internetda tarqatilgan.

Telekanal xodimining ma’lum qilishicha, tarqalgan kadrlar yangi – «O‘g‘irlangan niqob» dasturi uchun tasvirga olingan. Shu munosabat bilan ijodiy guruh jamoat joylariga chiqarilgan. Ba’zi yurtdoshlarimiz buni boshqacha talqin qilgan. Yaqin kunlarda bu dastur «Zo'rTV» telekanalida efir yuzini ko‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter